1

#Ramazon-2021. Ramazonda qanday zikrlarni ko`proq aytish kerak?

Jamiyat 20.04.2021, 04:18
#Ramazon-2021. Ramazonda qanday zikrlarni ko`proq aytish kerak?

Ramazonda qanday zikrlar ulug`, ko`proq aytish kerak? Ushbu savolga O`zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo hay`ati javob berdi:

-  Bismillahir Rohmanir Rohim.

Ramazon – Qur`oni karim nozil bo`lgan oy bo`lgani uchun, aynan Qur`oni karimni boshqa oylarga nisbatan ko`proq o`qish tavsiya qilinadi. Zero, Qur`oni karim eng ulug`, eng afzal zikrdir. Bundan tashqari tasbih (Subhaanalloh), tahlil (Laa ilaaha illalloh), istig`for (Astag`firulloh), hamd (Alhamdulillah), takbir (Allohu akbar) va Rasululloh sallallohu alayhi vasallamga salavot aytish ham eng afzal zikrlar sanaladi. "Alloh, Alloh", deb yurish ham zikrning eng tilga oson ko`rinishidir. Vallohu a`lam.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1