1

Bugun qator hududlarda kuchli yomg`ir yog`ishi kutilmoqda

Jamiyat 20.04.2021, 07:33
Bugun qator hududlarda kuchli yomg`ir yog`ishi kutilmoqda

O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmati xabariga ko`ra, bugun, 20 aprelda kunduz kuni O`zbekiston hududiga Kaspiy dengizi hududlaridan nam havo massalari kirib keladi. Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida faqat ba`zi joylarda biroz yomg`ir yog`ishi mumkin. Respublikaning qolgan hududlarida yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarda g`arbiy shamol 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 17-22° iliq atrofida bo`ladi.

Poytaxtimizda kunning ikkinchi yarmida yomg`ir yog`ishi kutilmoqda, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol 12-17 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo 20-22° iliqgacha isiydi.

Respublikaning tog` oldi va tog`li hududlarida yomg`ir yog`adi, ba`zi joylarda kuchli bo`ladi, sel kelishi xavfi bor. Toshkent va Namangan viloyatlarida 2200 m dan yuqorida qor ko`chishi xavfi bor. G`arbiy shamol 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 12-17° iliq bo`ladi.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1