Toshkent shahri Turkiston harbiy okrugi yaqinida 13-sonli avtobus yonib ketdi. Bu haqda Facebook ijtimoiy tarmog`ining “Voditeli Tashkenta” guruhi xabar bermoqda.
Guruhga joylangan suratlarda Mercedes rusumli avtobusning yonayotgani aks etgan. Yana bir boshqa suratda hodisa joyiga o`t o`chiruvchilarning etib kelgani va yong`in bartaraf etilganini ko`rish mumkin.
Avtobus yonishi oqibatida jabrlanganlar haqida ma`lumot keltirilmagan.
Ma`lumot uchun, o`tayotgan haftada Toshkent shahrida ikki marta yo`lovchi avtobusi yonib ketdi. Bundan avval 23-fevral kuni poytaxtning Uzbum bekatida 12-sonli Mercedes avtobusi yonib ketgan edi.