Joylarlardagi 18 ta umumiy o`rta ta`lim maktabining o`qituvchi va o`quvchilari orasida koronavirus infeksiyasini yuqtirish holatlari aniqlanganligi sababli mazkur maktablarda o`quv jarayonlari masofaviy olib borilayapti.
Jumladan, O`rta Chirchiq tumanidagi 3, 54-sonli maktablar, Bo`ka tumanidagi 2-sonli umumiy o`rta ta`lim maktabi, Chirchiq shahridagi 8, 9-sonli, Piskent tumanidagi 36-sonli, Parkent tumanidagi 22,51-sonli, Toshkent tumanidagi 9,12,17,18-sonli hamda Olmaliq shahridagi 17-maktab, Nurafshon shahridagi 1-sonli maktablar o`qish jarayonlarini to`liq onlayn rejimda olib borishayapti.
Shuningdek, O`rta Chirchiq tumanidagi 50-sonli umumta`lim maktabining 3 ta sinfi, Bo`ka tumanining 6-maktabning 8 ta sinfi va 15-maktabning ham 1 ta sinf, Zangiota tumanidagi 34 sonli umumta`lim maktabining 3 ta sinflari karantin rejimiga o`tkazilgan.
Mazkur maktablarning 30 nafar o`quvchilari hamda 25 nafar o`qituvchilarda “Covid 19” kasalligi borligi aniqlangan.
Toshkent viloyati Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshqarmasi bergan ma`lumotlariga ko`ra, 19 aprel kuni 37 kishida koronavirus infeksiyasi aniqlangan. Shundan kunlik emlanganlar 163 nafarni, mavsum boshidan buyon viloyatda emlanganlar soni 2790 nafarni tashkil etmoqda.
Eslatib o`tamiz, kecha Samarqand viloyatining bitta tumanida 15 ta maktab karantinga olingan edi.






