AsosiyJamiyat

Ichki ishlar vazirligi Akademiyasida ikki bosqichli oliy ta`lim tizimi joriy etiladi

'Ichki ishlar vazirligi Akademiyasida ikki bosqichli oliy ta`lim tizimi joriy etiladi'ning rasmi

“Ichki ishlar organlari uchun professional kadrlarni tayyorlashning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish bo`yicha chora-tadbirlar to`g`risida”gi Prezident qarori qabul qilindi.

 Qarorga ko`ra, 2021/2022 o`quv yilidan boshlab, Ichki ishlar vazirligining Akademiyasida kadrlarni tayyorlash jarayoniga bakalavriat va magistraturani o`z ichiga oluvchi ikki bosqichli oliy ta`lim tizimi joriy etiladi.

 Bakalavriat bo`yicha o`qitish kunduzgi va sirtqi ta`lim shakllarida tashkil etiladi.

 Magistratura bo`yicha o`qitish rahbar kadrlarni tayyorlashga qaratiladi hamda ikkinchi darajadagi “tashkiliy-taktik boshqaruv” va birinchi darajadagi “tashkiliy-strategik boshqaruv” yo`nalishlarida tashkil etiladi.

 Magistraturaning har bir yo`nalishi bo`yicha o`qish muddati 1 yilni tashkil etadi.

Shuningdek, IIV akademik liseylarining huquqshunoslik fani bo`yicha idoraviy fan olimpiadasi g`olibi bo`lgan bitiruvchilarining Akademiyaga o`qishga qabul qilinishi uchun faqat maxsus kasbiy tanlovdan muvaffaqiyatli o`tishlari etarli hisoblanadi.

2021 yil 1 sentyabrdan ichki ishlar organlarining serjant tarkibidagi lavozimlarida xizmatni o`tash uchun faqat oliy ma`lumotga ega bo`lgan shaxslar qabul qilinadi.

 2021 yil 1 sentyabrdan ichki ishlar organlarining safdor tarkibidagi lavozimlariga nomzodlar faqat idoraviy akademik liseylar, harbiy-akademik liseylar bitiruvchilari, profilaktika inspektorining yordamchilari, shuningdek, oliy ma`lumotga ega yoki sirtqi ta`lim shakli bo`yicha tahsil olayotgan shaxslar orasidan qabul qilinadi.

    Boshqa yangiliklar