2021 yilning 17 aprel kuni soat 15:30larda 25 yoshli M.Ozod Kattaqo`rg`on shahri U.Barnoev ko`chasida davlat raqami mavjud bo`lmagan “Labo” rusumli avtomashinani boshqarib ketayotib, ushbu ko`chada harakatlanib ketayotgan fuqaro A.Amirning boshqaruvidagi “Nexia” rusumli avtomashinasining yo`lini hech bir sababsiz bir necha marotaba to`sib janjal keltirib chiqargan vaqtida, uning bezorilik harakatlarini oldini olmoqchi bo`lgan 33 yoshli A.Ulmasning bo`yin, chap peshona sohasiga hamyon pichog`i bilan jarohat etkazgan. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti ma`lum qildi.
Mazkur holat yuzasidan Kattaqo`rg`on shahar IIB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan M.Ozodga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismi “g” bandi (Bezorilik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo`llanilgan.
Tergov harakatlari davomida, M.Ozod “Nexia” rusumli avtomashina haydovchisini tanimasligi, unga o`zini ko`rsatib qo`yish maqsadida bezorilik harakatlari sodir qilganligi aniqlangan.
Hozirda tergov davom etmoqda.






