AsosiyJamiyat

«Sanoat korxonalarida mavjud chang-gazlarni tutib qolish uskunalari ma`nan va jismonan eskirgan», — Ekologiya qo`mitasi

'«Sanoat korxonalarida mavjud chang-gazlarni tutib qolish uskunalari ma`nan va jismonan eskirgan», — Ekologiya qo`mitasi'ning rasmi

AOKAda Davlat ekologiya qo`mitasi Axborot xizmati rahbari Ozod Rajabov ishtirokida brifing o`tkazildi.

Unda 2021 yil 12 aprel kuni qabul qilingan “O`zbekiston Respublikasi hududida atrof tabiiy muhitni muhofaza qilishning iqtisodiy mexanizmlarini yanada takomillashtirish to`g`risida”gi Vazirlar Mahkamasi qarori haqida ma`lumotlar berildi.  

“Ifloslantiruvchi to`laydi” tamoyilini hayotga yanada kengroq joriy etish maqsadida qabul qilingan qarorda kompensasiya to`lovi ob`ekti hisoblanadigan va hisoblanmaydigan faoliyat turlari ajratib ko`rsatilgan. Qanday hollarda ko`paytirilgan (kamaytirilgan) kompensasiya to`lovi undirilishi aniqlashtirilgan.  

Qaror bilan “O`zbekiston Respublikasi hududida atrof tabiiy muhit ifloslantirilganligi va chiqindilar joylashtirilganligi uchun kompensasiya to`lovlarini qo`llash tartibi to`g`risidagi Nizom” ham tasdiqlandi. Mazkur Nizom talablari 2021 yil 15 iyuldan boshlab kuchga kiradi.  

Metallurgiya, energetika, neft-gaz va konchilik sanoati korxonalari, qurilish materiallari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan zavodlar hamda avtotransport vositalaridan chiqayotgan zararli moddalar atmosfera havosini ifloslantiruvchi asosiy manbalar hisoblanadi.  

So`nggi paytlarda atmosfera havosiga chiqarilayotgan ifloslantiruvchi moddalar miqdori tobora ortib borayotgani sanoat korxonalaridagi chang-gazlarni tozalash uskunalari 10-15 yil avval o`rnatilgan bo`lib, ular ma`nan va jismonan eskirganligi bilan bog`liq.

Hozirgi kunda faoliyat ko`rsatayotgan sanoat korxonalarida mavjud chang-gazlarni tutib qolish uskunalarining samaradorligi atigi 86 foizni tashkil qilmoqda. Atrof muhitni muhofaza qilish Konsepsiyasida esa atmosfera havosini ifloslantiruvchi stasionar manbalarda samaradorligi 99,5 foizdan past bo`lmagan qurilmalar o`rnatilishini ta`minlash belgilangan.

    Boshqa yangiliklar