«O`zgidromet» xizmati 21 aprel, chorshanba kuni kutilayotgan ob-havo ma`lumotini e`lon qildi.
Unga ko`ra, Toshkent shahrida havo o`zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol g`arbdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 9–11 daraja iliq, kunduzi 15–17 daraja iliq bo`ladi.
Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol g`arbdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi, ba`zi joylarda 17–22 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3–8 daraja iliq, kunduzi 15–20 daraja iliq bo`ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol g`arbdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi, ba`zi joylarda 17–22 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 7–12 daraja iliq, kunduzi 15–20 daraja iliq bo`ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol g`arbdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi, ba`zi joylarda 17–22 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 7–12 daraja iliq, kunduzi 13–18 daraja iliq bo`ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol g`arbdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi, ba`zi joylarda 17–22 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 10–15 daraja iliq, kunduzi 23–28 daraja iliq bo`ladi.
Andijon, Namangan va Farg`ona viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol g`arbdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi, ba`zi joylarda 17–22 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 10–15 daraja iliq, kunduzi 13–18 daraja iliq bo`ladi.
Respublikaning tog`li hududlarida havo o`zgarib turadi, tog`oldi va tog`li hududlarda yomg`ir yog`adi, ba`zi joylarda kuchli bo`ladi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Toshkent va Namangan viloyatlarida 2200 metrdan yuqorida qor ko`chishi xavfi bor. Shamol g`arbdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi, ba`zi joylarda 17–22 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2–7 daraja iliq, kunduzi 4–9 daraja iliq bo`ladi.






