AsosiyJamiyat

Namanganda ta`sis etilgan “Senator stipendiyasi” o`z egalariga topshirildi (foto)

'Namanganda ta`sis etilgan “Senator stipendiyasi” o`z egalariga topshirildi (foto)'ning rasmi

Xabar berilganidek, Oliy Majlis Senati Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo`mitasi raisi o`rinbosari Nosirbek Abdullaxanov shu yilning fevral oyida Namangan shahridagi 46-sonli umumta`lim maktabidagi mavjud holatlarni ko`zdan kechirib, o`quvchilar bilan o`tkazilgan uchrashuvda a`lo baholarga o`zlashtiradigan o`g`il-qizlar uchun stipendiya joriy etishini ma`lum qilgandi. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi 
Oliy Majlisi Senatining Axborot xizmati xabar berdi.

Ma`lum qilinishicha, o`quvchilarni ilmga qiziqtirish, ta`lim bilan tarbiyani uyg`un holda olib borish maqsadida Respublikada birinchi bo`lib “Namangan tajribasi” sifatida ta`sis etilgan “Senator stipendiyasi”ning ilk egalari aniqlangan. Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati O`zbekiston Liberal demokratik partiyasi Namangan viloyati kengashi mas`ullari 46-sonli maktabga borib, a`lo baholari va namunali xulqi bilan alohida ajralib turadigan bilimdon o`quvchilardan 10 nafarining har biriga 250 ming so`m miqdoridagi stipendiya topshirilgan.

Ta`kidlash joizki, bunday ezgu loyiha ilm olishga intiluvchi yoshlarni o`z ustida ishlash va yuqori ko`rsatkichlarga erishish sari intilishga undaydi. Qolaversa, bu xayrli tashabbus peshqadam ilm dargohlaridan ortda qolgan 46-maktabda ta`lim sifati oshishi, bitiruvchilarni oliy ta`limga qiziqtirish, asosiysi, o`quvchilarning bilim va salohiyatini yuksalishida munosib hissa qo`shadi, desak mubolag`a emas.

Boshqa yangiliklar