Transport vazirligi huzuridagi "O`zaviasiya" agentligi tomonidan 2021 yil 15 aprelda Turkiya Respublikasining "Turkish Airlines" aviakompaniyasiga Istanbul – Urganch – Istanbul va Istanbul –Farg`ona – Istanbul yo`nalishlarida O`zbekiston Respublikasiga muntazam aviaqatnovlarni amalga oshirish uchun ruxsatnoma berildi. Bu haqda Transport vazirligi Axborot xizmati xabar berdi.
Eslatib o`tamiz, "Turkish Airlines" aviakompaniyasi 2006 yil 28 sentabrdagi 27-K sonli ekspluatasion ruxsatnomaga ega bo`lib, Istanbul – Toshkent – Istanbul va Istanbul – Samarqand – Istanbul yo`nalishlari bo`yicha muntazam aviaqatnovlarni amalga oshiradi.






