Joriy yil 19 aprel kuni soat 23:30 larda, Chodak-Xonobod-G`urumsaroy yo`lining 12 km.da, Pop tumani Xonobod MFY hududida, Damas rusumli avtomashinani ishonch qog`ozi bilan boshqarib ketayotgan haydovchi harakat xavfsizligini ta`minlay olmay, yo`lning chap tomoniga chiqib ketib, boshqaruvni yo`qotib, pastlikka ag`darilib ketdi. Bu haqda Namangan viloyati IIB Axborot xizmati xabar qildi.
Natijada, haydovchi og`ir tan jarohati olib, voqea joyida vafot etgan. Ushbu holat bo`yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.






