Facebook ijtimoiy tarmog`ida oddiy matematik boshqotirma keng muhokamalarga sabab bo`lmoqda, deb yozadi “Gazeta.ru”. Misol ijtimoiy tarmoqdagi Curiosity guruhida e`lon qilindi.
Mazkur post ostiga foydalanuvchilar 3 mingdan ortiq izoh qoldirishgan. Ular masalaga turli variantdagi javoblarni keltirib, o`zaro bahslashmoqda. Aksariyat foydalanuvchilar 1 va 7 javoblarida to`xtashmoqda.
Misolning qiyinligi unda to`rtala matematik amalning ham ishtirok etgani sabab bo`layotgani aytilmoqda.
Ko`plab muhokamalardan so`ng Curiosity guruhi ma`murlari misolni echish usuli batafsil tushuntirilgan videorolikni ijtimoiy tarmoqqa joylashdi.