O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmati xabariga ko`ra, bugun, 21 aprelda kunduz kuni O`zbekiston hududiga Kaspiy dengizi hududlaridan va Qozog`istonning janubiy hududlaridan nam havo massalari kirib kelishi davom etadi. Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Andijon, Namangan, Farg`ona viloyatlarida yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Respublikaning qolgan hududlarida yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarda g`arbiy shamol 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 13-18° iliq bo`ladi.
Poytaxtimizda vaqti-vaqti bilan yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 15-17° iliq bo`ladi.
Respublikaning tog` oldi va tog`li hududlarida yomg`ir yog`adi, ba`zi joylarda kuchli bo`ladi, sel kelishi xavfi bor. Toshkent va Namangan viloyatlarida 2200 m dan yuqorida qor ko`chishi xavfi bor. G`arbiy shamol 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 4-9° iliq bo`ladi.






