AsosiyJamiyat

Namanganda “MAN” haydovchisi fuqaroni urib yuborib, qochib ketdi. Piyoda voqea joyida halok bo`ldi

'Namanganda “MAN” haydovchisi fuqaroni urib yuborib, qochib ketdi. Piyoda voqea joyida halok bo`ldi'ning rasmi

Joriy yil 18 aprel kuni soat 03:30 larda, Pop tumani Toshkent-O`sh yo`lining 284 km.da, Qo`shminor MFY hududida, noma`lum avtomashina haydovchisi avtomashinasini Toshkent-Vodiy yo`nalishi bo`ylab boshqarib borayotib, harakat xavfsizligini ta`minlay olmay piyodani  urib yuborgan, Natijada piyoda tan jarohati olib, voqea joyida vafot etgan. Bu haqda Namangan viloyati IIB axborot xizmati xabar qildi.

Ushbu holat bo`yicha viloyat hududida “To`sib ushlash” maxsus rejasi harakatga keltirilib, Viloyat IIB JQB, YHXB va tuman IIB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni, Andijon viloyati Andijon shahrida yashovchi, 1986 yilda tug`ilgan fuqaro MAN rusumli yuk avtomashinasini boshqarib borayotib, piyodani urib yuborib, uni hayotini xavf ostida qoldirib, hodisa joyidan ketib yuborganligi aniqlangan. Avtomashina jarima maydoniga tortilib, tegishli ko`rgazmalar olingan.

Ushbu holat bo`yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan O`z.R JKning 266-moddasi 2-qismi va 117-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

 

 

    Boshqa yangiliklar