Bu haqda Toshkent viloyati hokimligi rasmiy saytida e`lon qilindi.
"Respublikamiz hududida, COVID-19 bilan kasallanish holati ortayotganligi, universitetimiz talabalari orasida ham bunday holatlar aniqlanganligi sababli:
2021-yilning 21-aprel sanasidan 14 kunga universitetda o`quv jarayoni masofaviy (online) shaklga o`tkazilishiga qaror qilindi.
Epidemiologik vaziyat barqarorlashgach, an`anaviy o`quv jarayoniga qaytish borasida qo`shimcha xabar universitet rasmiy sahifalarida beriladi.
Karantintalablariga rioya qiling, salomatligingizni asrang!" - deyiladi xabarda.






