18 aprel kuni fuqaro T.D. “Sobalt” rusumli avtomashinasini Farg`ona ko`chasida boshqarib ketayotib, qatnov qismini piyoda kesib o`tayotgan voyaga etmagan Z.A.ni urib yuborishi oqibatida, piyoda Z.A. tan jarohati olib shifoxonada vafot etgan. Bu haqda Farg`ona viloyati IIB Axborot xizmati xabar qildi.
Mazkur holat yuzasidan Farg`ona shahar IIO FMB huzuridagi tergov bo`limi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari davom etmoqda.






