“O`zstandart” agentligi tomonidan respublikamizda sifatsiz mahsulotlarning sotilishini oldini olish maqsadida Agentlik huzuridagi Departament tomonidan Toshkent shahridagi savdo majmualarida sotilayotgan "TRS NOGGER 44%" muzqaymoq “Sut va sut mahsulotlari xavfsizligi to`g`risida”gi umumiy texnik reglament talablariga javob bermasligini aniqladi. Ma`lum qilinishicha, ushbu muzqaymoq Turkiya davlatining “OERO TRADING LTD” korxonasida ishlab chiqarilgan.
Mahsulot tarkibida salomatlik uchun jiddiy xavfga ega bo`lgan (har xil proporsiyada kokos, palma, paxta, kungaboqar) o`simlik moylari borligi aniqlangan.
"RS NOGGER 44%" - Pechene bo`lgan o`simlik moyi asosidagi shokoladli muzqaymoq, o`simlik moyi asosidagi karamellik muzqaymoq (28%) mahsuloti amaldagi texnik reglament talablariga muvofiq emasligi sababli importini cheklash yuzasidan Bojxona qo`mitasiga ma`lumot kiritildi.






