Yakka tartibda ta`lim olayotgan o`quvchi uchun qanday sharoitlar yaratilgan? Inklyuziv ta`lim asosida o`quvchining puxta bilim olishi, o`qituvchining sifatli ta`lim-tarbiya berishida qanday samarali chora-tadbirlar ishlab chiqish mumkin?
Xalq ta`limi vaziri Sherzod Shermatov Samarqand viloyati Paxtachi tumanidagi 18-maktabning 8-sinf o`quvchisi, uyida yakka tartibda ta`lim olayotgan Sabina Boboqulova xonadonida bo`lib, ushbu masalalarga alohida e`tibor qaratgan. Bu haqda viloyat Xalq ta`limi boshqarmasi ma`lum qildi.
Vazir o`quvchi va uning o`qituvchilari, ota-onasi bilan suhbatlashib, ularning fikrlarini eshitdi. Sabinaning orzu-umidlari bilan o`rtoqlashdi.
Sabinaning yaxshi ta`lim-tarbiya olishi, kasb-hunar o`rganishiga etarlicha sharoit yaratish, ijtimoiy qo`llab-quvvatlash maqsadida kitoblar jamlanmasi va tikuv mashinasi sovg`a qilindi.






