Diniy yo`nalishda 58 ta veb-sayt, 166 ta “Telegram” kanal, 200 ta "Feysbuk" sahifasi hamda “Youtube” videoxostingida 21 ta kanal faoliyat olib boradi. Bu haqda AOKAda bo`lib o`tgan brifingda Din ishlari bo`yicha qo`mita raisining birinchi o`rinbosari Muzaffar Komilov ma`lum qildi.
2017-2021 yillar mobaynida respublikamizda 49 ta yangi jome` masjid ochildi. Jumladan, 2021 yilda 9 ta yangi masjid o`z faoliyatini boshladi. Hozirda masjidlarning umumiy soni 2088 tani tashkil etadi. Ulardan, 2016 tasi jome`, 72 tasi esa mahalliy masjid maqomida.
️Umuman olganda ushbu davrda 69 ta diniy tashkilotlar ro`yxatdan o`tgan. Jumladan, 49 ta yangi masjidlar va 3 ta madrasa tashkil etildi hamda boshqa konfessiyalarga mansub 17 ta diniy tashkilotlar ro`yxatdan o`tkazildi va ularning umumiy soni 191 taga etdi.
O`zbekiston musulmonlari idorasi va tizimdagi takshilotlar va diniy soha xodimlarining 58 ta veb-sayti, 166 ta “Telegram” kanali, 200 ta "Feysbuk" sahifasi hamda “Youtube” videoxostingida 21 ta kanali faoliyat olib bormoqda. Tahlillarga ko`ra umumiy Internet foydalanuvchilarning qamrovi 5 mln.dan ortadi.
Yurtdoshlarimizning sof diniy masalalarda to`g`ri va ishonchli ma`lumot olishlari uchun 78-150-33-44 telefon raqamiga murojaat qilib, malakali mutaxassislardan javob olish mumkin.
️ Ramazon oyi munosabati bilan tunu kun ishlaydigan maxsus Koll-markaz faoliyati ham yo`lga qo`yilgan bo`lib, bir kunda 1000 dan ortiq savol-javoblar bo`lmoqda.






