AsosiyJamiyat

Yurtimizda ijarada yashaydigan talabalarga to`lab beriladigan pul miqdori ma`lum qilindi

'Yurtimizda ijarada yashaydigan talabalarga to`lab beriladigan pul miqdori ma`lum qilindi'ning rasmi

O`zbekistonda 1 maydan boshlab yotoqxona bilan qamrab olinmagan, ijarada yashaydigan talabalar oylik ijara pulining 50 foizi davlat byudjetidan to`lab beriladi. Bu haqda Moliya vazirligi ma`lum qildi.

Xabarga ko`ra, bu Shavkat Mirziyoevning «Yoshlar bandligi va tadbirkorlik faoliyatini qo`llab-quvvatlash, ularni ijtimoiy himoya qilish hamda bo`sh vaqtini mazmunli tashkil etishga oid qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida»gi farmonida belgilangan.

Farmon bilan, 2021 yil 1 maydan boshlab yotoqxona bilan qamrab olinmagan va o`ziga, shu jumladan ota-onasi (qonuniy vakillari)ga tegishli bo`lmagan uyda ijara huquqi asosida yashaydigan davlat oliy ta`lim muassasalari talabalarining 60 foiziga ular tomonidan to`lanadigan oylik ijara to`lovining 50 foizi davlat byudjeti hisobidan qoplab beriladi. Bunda:

  • ijara to`lovining qoplab beriladigan qismi Toshkent shahrida — bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari (245 ming so`m), qolgan hududlarda — bazaviy hisoblash miqdorining 0,5 baravaridan oshmasligi lozim.
  • ijara to`lovining qoplab beriladigan qismi birinchi navbatda ehtiyojmand oila farzandlari, o`rnak ko`rsatgan va faol talabalar uchun qoplab beriladi.

Boshqa yangiliklar