Ijtimoiy tarmoqalarda joriy yilning 13 aprel kuni Toshkentning Qo`yliq bozorida andijonlik aka-uka 20 ga yaqin notanish kimsalar tomonidan kaltaklangani haqida xabarlar tarqaldi. Unda aka-ukalarni shifoxona qabul qilimayotgani hamda IIB xodimlari ham holatni e`tiborsiz qoldirayotgani aytilgan. Toshkent shahar IIBB hodisa yuzasidan rasmiy ma`lumot berdi.
Bildirilishicha, mazkur fakt bo`yicha Bektemir tumani IIO FMB 4-son ichki ishla bo`limi profilaktika inspektori tomonidan tergov oldi tekshiruvi o`tkazilgan. Tekshiruv davomida aniq bo`lishicha, 13 aprel kuni taxminan soat 14:30 da “Compass” ko`ngilochar-savdo markazi yaqinida 32 yoshli Maftuna S. va uning bir nechta tanishlari (hozirga qadar ulardan besh kishining shaxsi aniqlandi) haqiqatdan ham aka-uka 1990 va 1989 yillarda tug`ilgan Jahongir O. va Javohir O.ga tan jarohati etkazishgan. Etkazilgan badan shikastlari og`irligi darajasini aniqlash uchun sud-tibbiy ekspertiza tayinlanib, tashqi videokuzatuv kameralari yozuvi olingan.
Profilaktika inspektori tomonidan tergov oldi tekshiruvi davomida to`plangan materiallar Bektemir tumani IIO FMB tergov bo`limiga topshirilgan.
Jinoyat bir guruh fuqarolar tomonidan jamoat joyida sodir etilgani sababli, Bektemir tumani IIO FMB tergov bo`limi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277 moddasi 2 qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.
Jinoyat ishiga gumonlanuvchi tariqasida 32 yoshli Maftuna S. jalb qilinib, so`roq qilingan.
Qayd etilishicha, tergov davomida hodisa sabablariga va boshqa shaxslarning jinoyatga aloqadorligiga aniqlik kiritilib, ularning hatti-harakatlariga huquqiy baho beriladi.






