AsosiyJamiyat

Ichki ishlar vaziriga o`rinbosarlar tayinlandi

'Ichki ishlar vaziriga o`rinbosarlar tayinlandi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Qaroriga asosan lavozim tayinlovlari amalga oshirildi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligining Axborot xizmati ma`lum qildi.

 

Ikramov Azizbek Isroilovich, general-mayor

Ichki ishlar vazirining o`rinbosari – Ma`naviy-ma`rifiy ishlar va kadrlar bilan ta`minlash departamenti boshlig`i lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar A.Ikramov Ichki ishlar vazirining jamoat tartibini saqlash bo`yicha o`rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

 

Mirzaraximov Baxodir Yuldashevich, general-mayor

Ichki ishlar vazirining o`rinbosari – Transport va turizm ob`ektlarida xavfsizlikni ta`minlash departamenti boshlig`i lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar B.Mirzaraximov Ichki ishlar vazirining jazolarni ijro etishni ta`minlash va harbiy tuzilmalar bo`yicha o`rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

 

Abdullaev Bekmurod Tojimirzaevich, polkovnik

Ichki ishlar vazirining o`rinbosari – Jamoat xavfsizligi departamenti boshlig`i lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar B.Abdullaev O`zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo`mondonining jamoat xavfsizligini ta`minlash bo`yicha birinchi o`rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

    Boshqa yangiliklar