Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti 14 kunlik onlayn ta`limga o`tkaziladi. Bu haqda universitet Axborot xizmati ma`lum qildi:
Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida o`quv jarayonlari 2021-yilning 22-aprelidan 14 kunga masofaviy (onlayn) shaklga o`tkaziladi.
Darslar Zoom va Moodle platformalari orqali davom etadi.
Karantin talablariga rioya qiling va salomatligingizni asrang!
Shuningdek, Samarqand Davlat chet tillar institutida ham 14 kunlik karantin joriy qilindi:
Samarqand davlat chet tillar institutida o`quv jarayoni 14 kunlik masofaviy ta`limga o`tkazildi
Hurmatli professor-o`qituvchilar hamda qadrli talabalar, Samarqand davlat chet tillar instituti Axborot xizmati shuni ma`lum qiladiki, respublikamiz hududida COVID-19 bilan kasallanish holatining ortayotganligi, shuningdek, Samarqand davlat chet tillar instituti talabalari orasida ham bunday holatlar aniqlanganligi sababli:
2021-yilning 22-aprel kunidan boshlab, 14 kun davomida institutda o`quv jarayoni masofaviy (onlayn) shaklga o`tkaziladi.
Epidemiologik vaziyat barqarorlashgach an`anaviy o`quv jarayoniga qaytish borasida xabarlar institut rasmiy sahifalarida berib boriladi.






