20 aprel kuni soat 18:30 larda Namangan viloyatida piyoda ishtirokida YTH sodir bo`ldi. Bu haqda Namangan viloyati IIB Axborot xizmati ma`lum qildi.
Xabarga ko`ra Mingbuloq tumani Jomashuy-Tegirmon-Navbahor yo`lining 4 km.da Kichik Jomashuy MFY ichki yo`lida, Neksiya-2 rusumli avtomashinani boshqarib ketayotgan haydovchi harakat xavfsizligini ta`minlay olmay, yo`lni kesib o`tayotgan 5 yoshli piyodani urib yuborgan.
Natijada, jabrlanuvchi tan jarohati olib, voqea joyida vafot etgan.
Ushbu holat bo`yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan O`z.R JKning 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.






