21-aprel kuni ijtimoiy tarmoqlarda o`qituvchilarni attestasiya imtihonlari bo`yicha tanqidiy maqolae`lon qilingan edi. Unda mazkur imtihonlar bo`yicha Davlat test markazi tanqid qilingan.
Davlat test markazi ushbu tanqidiy chiqishga munosabat bildirdi.
"Mazkur imtihonlar Davlat test markazi vakolatiga kirmaydi va Davlat test markazi tomonidan o`tkazilmaydi. Test topshiriqlarini tuzishda ham, test sinovlarini tashkil etishda ham Davlat test markazi ishtirok etmaydi.
O`z navbatida Davlat test markazi jurnalist va blogerlar uchun har doim ochiq ekanligi, biror holat yuzasidan ma`lumotlarga aniqlik kiritish kerak bo`lsa, har doim hamkorlikka tayyor ekanini eslatib o`tadi" deyiladi xabarda.