AsosiyJamiyat

Rutan preparati SARS-CoV-2 virusiga qarshi yagona samarali dori vositasi

'Rutan preparati SARS-CoV-2 virusiga qarshi yagona samarali dori vositasi'ning rasmi

Bu haqda AOKAda tashkil etilgan (https://www.facebook.com/watch/live/?v=202523944782282&ref=notif¬if_id=1619068162485082¬if_t=live_video) matbuot anjumanida ma`lum qilindi.

Qayd etilishicha, Rutan preparati antioksidantlik va antigipoksik xususiyatlarga ega bo`lib, SARS-COV-2 virusining 2 ta muhim ferment tizimini ingibirlaydi.

 Virusning hujayrada ko`payishi va tarqalishi hamda patologik va yallig`lanish jarayonini chaqiruvchi oqsillar hosil bo`lishini to`xtatadi va kasalllarda salbiy holat — «sitokinin bo`roni»ning oldini oladi. Natijada, SARS-CoV-2 virusiga chalingan bemorlarning sog`ayish muddati qisqaradi va bemor o`z holatiga tez qaytadi.

Rutan preparati 103 ta koronovirus infeksiyasi bilan kasallangan o`rtacha og`irlikda kechayotgan bemorlarda kayd etilgan dozada sinalganda, SOVID-19 orqali chaqirilgan yallig`lanish jarayonining asosiy vositachisi bo`lmish S-reaktiv oqsili miqdorining statistik ahamiyatli kamayishi kuzatildi va bu orqali uning aniq yallig`lanishga qarshi ta`sirga ega ekanligi aniqlandi. Rutan qabul qilgan biron-bir bemorga kasallik davomida oksigenasiyaga muhtojlik bo`lmadi.  

Rutan preparatini qabul qilgan sinov guruhi bemorlarini protokol davolash fonida kasallikning 4-5 kuni davomida ulardan SOVID -19 virusiga olingan PZR-test tahlili salbiy bo`ldi.  

Klinik sinov natijalariga ko`ra, «Rutan tabletkalari, 0,1 g» №20 o`rtacha og`irlikda kechayotgan o`pka yallig`lanishi 30% bo`lgan COVID-19 kasalligiga hamda grippning barcha shtammlariga qarshi dori vositasi sifatida qo`llash uchun ruxsat etildi.

    Boshqa yangiliklar