AsosiyJamiyat

Nega 65 yoshdan oshgan aholining koronavirusga qarshi emlanishi dastlabki kunlardan ko`ra birmuncha susaydi?

'Nega 65 yoshdan oshgan aholining koronavirusga qarshi emlanishi dastlabki kunlardan ko`ra birmuncha susaydi?'ning rasmi

 Ushbu savolga Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig`i o`rinbosari Nurmat Atabekov quyidagicha javob berdi:

" – Xabaringiz bor, aholining 65 yoshdan yuqori bo`lgan qismi va tibbiyot xodimlari yuqori xavf osti guruhiga mansub deb belgilangan. Shu bois ham birinchi galda aynan ularni koronavirusga qarshi emlash tadbirlari bilan qamrab olishga e`tibor qaratilmoqda. Ro`za kunlari boshlangunga qadar haqiqatdan ham 65 yoshdan katta bo`lgan aholining emlanish darajasi nisbatan yuqori raqamlarda bo`lib turdi. Ro`za kunlari va ro`za tutish bilan bog`liq holda ushbu yosh qatlamining koronavirusga qarshi emlanish darajasi birmuncha pasaydi. Biroq, ushbu aholi qatlamining emlanishi davom etmoqda. Bugungi kunga qadar emlanganlarning qariyb 50 foizi aynan shu yoshdagi aholi qatlamiga to`g`ri keladi", — dedi Nurmat Atabekov.

    Boshqa yangiliklar