AsosiyJamiyat

Quvasoy va Marg`ilonda bank mansabdorlari imtiyozli kredit mablag`larini talon-toroj qilishdi

'Quvasoy va Marg`ilonda bank mansabdorlari imtiyozli kredit mablag`larini talon-toroj qilishdi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Quvasoy shahar bo`limi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, AT “Xalq bank” shahar filiali bo`lim boshlig`i B.U. ta`minotchi “Q.Q.”, “Q.M.” fermer xo`jaligi rahbarlari bilan oldindan til biriktirib, “Har bir oila - tadbirkor” dasturi doirasida 15 nafar fuqarolar nomiga naslli chorva mollari etkazib berish va issiqxona qurish uchun ajratilgan 460,5 mln so`m maqsadli kredit mablag`larini naqdlashtirib, talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Xuddi shunday, ATB “Agrobank” Marg`ilon shahar filiali mansabdor shaxslari 3 nafar fuqarolarning nomiga ularning xabardorligisiz 122,7 mln so`m kredit mablag`larini soxta hujjatlar orqali rasmiylashtirib, kredit mablag`larini “G.F.” MChJga o`tkazish orqali naqdlashtirib, talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (talon-toroj qilish) va 228-moddasi (hujjatlarni qalbakilashtirish) bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar