Toshkent viloyati Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshqarmasi bergan ma`lumotga ko`ra 21 aprel kuni viloyatda 54 kishida koronavirus infeksiyasi aniqlangan.
Kasallik aniqlangan fuqarolarni tumanlar kesimida tahlil qilinganda;
Yuqori Chirchiq tumanida 6 nafar, Chirchiq shahrida 10 nafar, Olmaliq, Nurafshon shaharlari hamda Yangiyo`l, Chinoz, Oqqo`g`on tumanlarida 1 nafardan, Angren shahar hamda Zangiota, Toshkent tumanlarida 3 nafardan, Ohangaron, Piskent tumanlarida 2 nafardan, Bo`stonliq tumanida 10 nafar fuqaro kasallangan.
Shu o`rinda qo`shimcha ma`lumot 21 aprel kuni viloyat bo`yicha 2059 kishi koronavirusga qarshi emlangan.
Shundan 905 nafar fuqaro Astra Zeneca vaksinasi bilan emlangan bo`lsa, 1154 nafari ZF-UZ-VAC 2001 vaksinasiga ixtiyor bildirdilar






