Namangan tumanida 14 aprel kuni «Damas» yo`lni kesib o`tayotgan 8 yoshli bolani urib yubordi. Bu haqda Yo`l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.
Ma`lum qilinishicha, 14 aprel kuni soat 16:30 larda Namangan tumani Mullaqudinov mahallasi hududidan o`tgan avtomobil yo`lida 35 yoshli A.S. boshqaruvidagi «Damas» avtomobili chap tomondan o`ng tomonga yo`lni yugurib kesib o`tayotgan piyodani urib yuborgan. Haydovchi boshqaruvni yo`qotib, avtomobil ag`darilgan.
Yo`l-transport hodisasi oqibatida piyoda 8 yoshli A.Sh. tan jarohatlari bilan shifoxonada vafot etgan. Holat yuzasidan tuman ichki ishlar bo`limi tuman bo`limi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.