Bugun ko`pchilik “tadbirkor”lar yolg`onchilikni o`zlariga kasb qilib olgan. Ular fibirgarlik yo`llari bilan ko`pchilik insonlarning sarson-u sargardon bo`lishlariga sabab bo`lmoqda. O`zbekiston Iste`molchilar huquqlarini himoya qilish federasiyasiga avtolizing kompaniyalaridan aziyat chekayotgan yurtdoshlarimiz tomonidan ko`plab murojaatlar kelib tushmoqda. Bu haqda O`zbekiston iste`molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federasiyasi Matbuot xizmati xodimi Shahboz Abdusattorov xabar berdi.
Ulardan biri Surxondaryo viloyati Termiz shahrida yashovchi fuqaro Sh.Ergashevadir.
Iste`molchi, 2020-yilning 13-avgust kuni kuni “Umid avtolizing” MChJ orqali muddatli to`lov evaziga NEXIA 3 rusumli avtomobil xarid qilish maqsadida shartnoma ikki tomonlama shartnoma imzolaydi
Shartnomaga binoan MChJ hisob raqamiga boshlang`ich to`lov sifatida 44 307 000 so`m boshlang`ich to`lov amalga oshirilgan. Mashinani oladigan fursat kelib, o`tib ketsa hamki, avtoulovdan darak bo`lmagan.
Iste`molchi bu borada bir necha marotaba tadbirkorga murojaat qilganda hech qilgan bo`lsada turli bahonalar orqali Ammo ular va`dasida turmagan, pulni ham shartnoma muddati tugagan bo`lsada qaytarib berishni istashmagan.
Mazkur murojaat tegishli tartibda o`rganilib, “Umid avtolizing” MChJ va fuqaro o`rtasida tuzilgan lizing shartnomasi bekor qilindi va avtomashinani sotib olish uchun to`langan pul iste`molchi foydasiga undirib berildi.
Ta`kidlash joizki, shu vaqtgacha Federasiyaga avtolizing kompaniyalari kirdikorlari bilan bog`liq yuzlab murojaatlar kelib tushgan. Mazkur murojaatlarning barchasi iste`molchilar xohishiga ko`ra mashinani olib berish yoki boshlang`ich to`lovni qaytarib olib berish bilan iste`molchilar foydasiga hal etilgan.






