AsosiyJamiyat

Toshkentda bedarak yo‘qolgan 17 yoshli yigit qidirilmoqda

'Toshkentda bedarak yo‘qolgan 17 yoshli yigit qidirilmoqda'ning rasmi

2004 yilda tug`ilgan Meliev Ibrohim Shavkata o`g`li 17 aprel kuni soat 18.00 da Toshkent sh., Sergeli tumani, Ko`yliq 6 massivi, 4-uy manzili bo`yicha joylashgan uyidan chiqib, qaytib kelmagan. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar berdi.

Ma`lum qilinishicha, uning belgilari: bo`yi 155-160 sm, sochlari qora, ko`zlari qora, tanasi o`rtacha, lablari o`rtacha.

Kiyimlari: qizil futbolka, qora djinsi shim.

Alohida belgilari: 2-guruh nogironi, qo`ltiqtayoq bilan harakatlanadi.

Hurmatli fuqarolar! Agar sizda Meliev Ibrohim qaerdaligi haqida ma`lumot bo`lsa, ichki ishlar organlariga yoki 102 raqami orqali xabar berishingizni so`raymiz.

Boshqa yangiliklar