AsosiyJamiyat

"O`zim birma-bir ko`rib chiqdim". Prezident hokimlarning belgilab olgan marralaridan qoniqmayotganini ma`lum qildi

'"O`zim birma-bir ko`rib chiqdim". Prezident hokimlarning belgilab olgan marralaridan qoniqmayotganini ma`lum qildi'ning rasmi

Viloyat, tuman va shahar hokimlari joriy yilda xizmatlar sohasida 59 trillion so`mlik 42 mingta yangi loyihani amalga oshirish, 150 mingta yangi doimiy ish o`rni yaratish bo`yicha o`z rejalarini belgilagan. Bu haqda “Darakchi” muxbiri ayni paytda bo`lib o`tayotgan prezident videoselektori yig`ilishidan xabar qilmoqda. 

Hokimlarning belgilagan rejalarini o`zim birma-bir ko`rib chiqdim. Lekin ularning o`ziga olgan marralari ushbu hududlar salohiyatidan ancha past”, - dedi davlat rahbari.

Misol uchun:

  • Jizzax bor-yo`g`i 718 milliard so`mlik loyihalarni shakllantirgan.
  • Qashqadaryo 1,6 trillion so`mlik loyihalar amalga oshirishni belgilagan bo`lib, bu aholisi qariyb 3 baravar kam bo`lgan Sirdaryo rejasidan (2,1 trillion so`m) 25 foizga past.
  • Xizmatlar hajmi ancha past bo`lgan Oltinsoy va Shahrisabz tumanlari (o`rtacha 2 million so`mdan) hokimlarining takliflari mutlaqo qoniqarsiz.
  • Oltinsoy tumanida atigi 107 ta (54 milliard so`m) va Shahrisabz tumanida 64 ta (91 milliard so`m) loyihalarni amalga oshirish belgilangan.

    Boshqa yangiliklar