AsosiyJamiyat

Toshkentda qarzdorlar boshqa turar-joy bermagan holda uydan ko`chirildi

'Toshkentda qarzdorlar boshqa  turar-joy  bermagan  holda  uydan ko`chirildi'ning rasmi

FIB Uchtepa tumanlararo sudining 16.11.2020 yildagi ijro varaqasiga asosan,  undiruvchi A.Abdumo`minovaning foydasiga qarzdor  S.Abdumo`minov va U.Bobonorovalarni nizoli Toshkent shahar, Chilonzor tumani, 20-mavzesida joylashgan xonadondan boshqa turar-joy bermasdan ko`chirish to`g`risidagi ijro hujjati Byuroning Toshkent shahar Chilonzor tuman bo`limi ish yurituviga kelib tushgan. Bu haqda Majburiy ijro byurosining katta inspektori Marg`uba Amonova "Darakchi.uz" ga xabar berdi.

Shunga ko`ra, O`zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to`g`risida”gi Qonunning 23-moddasiga asosan, ijro ishi yuritishni qo`zg`atish to`g`risida qaror qabul qilingan va taraflarga yuborilgan.  Qarzdorga nisbatan ijro hujjati talablarini qonun talablari asosida  bajarishi lozimligi, aks holda unga nisbatan O`zbekiston Respublikasi MJtKning 1981-moddasiga asosan ma`muriy jarima qo`llanilishi to`g`risida majburiyatnoma olingan va qarzdorga ixtiyoriy  01.04.2021 yilga qadar muddat berilgan.  

Ijro harakatlari jarayonida, 01.04.2021 yilda qarzdorlar ijro hujjatida ko`rsatilgan manzildan boshqa turar-joy bermagan holda ko`chirildi va holat yuzasidan xolislar ishtirokida dalolatnoma rasmiylashtirilib, O`zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to`g`risida”gi Qonunning 41-moddasi, 1-bandiga asosan ijro ishi tamomlandi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar