AsosiyJamiyat

️«Qorasuv-Bo`ka-Bekobod» avtomobil yo`lining ma`lum qismida harakat vaqtincha to`xtatiladi

'️«Qorasuv-Bo`ka-Bekobod» avtomobil yo`lining ma`lum qismida harakat vaqtincha to`xtatiladi'ning rasmi

Toshkent viloyati, Nurafshon shahrida olib borilayotgan obodonlashtirish va qayta qurish ishlari munosabati bilan ayrim avtomobil yo`llarida avtomototransport vositalarining harakati vaqtinchalik to`xtatilmoqda. Bu haqda Toshkent viloyati IIBB Axborot xizmati xabar qilmoqda. 

Jumladan, Nurafshon shahar hokimining farmoyishiga asosan, joriy yil 23 aprel kuni (bir kun) «Qorasuv-Bo`ka-Bekobod» (4R-20) avtomobil yo`lining 0-2 kilometrlari oralig`ida transport vositalari harakati to`liq to`xtatiladi.

Harakat ishtirokchilaridan ushbu holatni inobatga olgan holda harakatlanishlarini hamda yo`l harakati qoidalari talablariga qat`iy amal qilishlari so`raladi.

 

 

    Boshqa yangiliklar