AsosiyJamiyat

“Tik-Tok”da qizlar sha`nini tahqirlagan ikki navoiylik yigit 10 sutka "o`tirib" chiqadigan bo`ldi

'“Tik-Tok”da qizlar sha`nini tahqirlagan ikki navoiylik yigit 10 sutka  "o`tirib" chiqadigan bo`ldi'ning rasmi

Navoiyda "Tik-Tok” ijtimoiy tarmog`i orqali betayin qiliqlar bilan ko`pchilikning haqli e`tirozi va nafratiga sababchi bo`lgan ikki yigitning Navoiylik qizlarning sha`nini tahqirlagan holati aks etgan video lavha tarqalgan edi.

Mazkur shaxslarga nisbatan to`plangan ma`muriy ish hujjatlari Navoiy shahar IIO FMB tomonidan jinoyat ishlari bo`yicha Navoiy shahar sudining ish yurituvi mazmunan ko`rib chiqish uchun yuborilgan.

Joriy yilning 13 aprel kuni jinoyat ishlari bo`yicha Navoiy shahar sudi tomonidan O`zbekiston Respublikasi MJtKning 183-moddasi bilan huquqbuzarlik sodir etgan shaxslarga nisbatan to`plangan ma`muriy ish hujjatlari ko`rib chiqildi.

Binobarin, sud majlisida so`roq qilingan huquqbuzarlar qilmishlariga iqrorlik bildirib, haqiqatdan ham 2021 yil 8 aprel kuni soat 2200 larda Navoiy viloyati, Qiziltepa tumani, “Afrosiyob” to`yxonasi yonida “Tik-Tok” ijtimoiy tarmog`ida uyatsiz qiliqlar tasvirlangan, og`izga olib bo`lmaydigan uyatli so`zlar aytilgan lavhalarni joylashtirib, jamiyatda yurish turish qoidalarini qasddan mensimasdan bezorilik qilganliklari, hozirda qilmishlaridan pushaymonliklarini bildirishib, qonuniy engillik berishni so`rashgan.

Sudning qaroriga ko`ra, huquqbuzarlar O`zbekiston Respublikasi MJtKning 183-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etgan deb topildi va ularga nisbatan 10 (o`n) sutka ma`muriy qamoq jazosi tayinlandi.

Boshqa yangiliklar