1

Andijonda bank mansabdorlari imtiyozli kreditlarni faoliyati to`xtatilgan jamiyatlarga o`tkazish yo`li bilan talon-toroj qilishdi

Jinoyat 23.04.2021, 12:51
Andijonda bank mansabdorlari imtiyozli kreditlarni faoliyati to`xtatilgan jamiyatlarga o`tkazish yo`li bilan talon-toroj qilishdi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Andijon viloyat boshqarmasi tomonidan tadbirkorlik sub`ektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, ATB “Mikrokreditbank” Andijon viloyati filiali mansabdor shaxslari fuqaro N.A., M.B.lar bilan oldindan til biriktirib, faoliyati vaqtincha to`xtatilgan “F.C.” va tugatilgan “M.T.” MChJ hisob-raqamlarini ta`sischilarining xabardorligisiz ochib, tijorat banklaridan fuqarolar va tadbirkorlar uchun ajratilgan imtiyozli kredit mablag`larining 3 mlrd so`mini ushbu MChJlarga hamda 2,1 mlrd so`mini N.A. tashkil qilgan “S.S.” MChJga o`tkazish orqali jami 5,1 mlrd so`m kredit mablag`larini o`zlashtirish yo`li bilan talon-toroj qilinganligi aniqlangan.

Shuningdek, Andijon shahar DSI mas`ul shaxslari tomonidan faoliyati vaqtincha to`xtatilgan yoki tugatilgan MChJlarda o`tkazilgan soliq tekshiruvida, o`z xizmat vazifasiga sovuqqonlik bilan qarashi oqibatida byudjetga 861 mln so`m qo`shimcha soliqlar hisoblanmasdan qolganligi ma`lum bo`lgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (talon-toroj qilish), 179-moddasi (soxta tadbirkorlik)  va 207-moddasi (mansabga sovuqqonlik bilan qarash) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1