AsosiyJamiyat

Rossiyada 3 yoshli farzandi bilan boshpanasiz qolgan ayol O`zbekistonga qaytarildi

'Rossiyada 3 yoshli farzandi bilan boshpanasiz qolgan ayol O`zbekistonga qaytarildi'ning rasmi

Rossiya Federasiyasi Rostov-Don shahrida ishlash imkoniyati cheklanib, boshpanasiz qolgan samarqandlik D.K va uning 3 yoshli farzandi I.X O`zbekistonga olib kelindi. Bu haqda Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi  ma`lum qildi. 

Ayol Xalqaro migrasiya tashkilot (XMT)ning mablag`lari hisobidan va O`zbekistonning Rostov-Don shahridagi konsullik idorasi ko`magida qaytarilgan.  

Moliyaviy qiyin ahvolda qolgan fuqaroni Samarqand xalqaro aeroportida Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi mas`ul xodimlari kutib oldi va fuqaro yashash manziliga kuzatildi.

    Boshqa yangiliklar