️Joriy yilning 22 aprel kuni soat 21:00larda, Toshkent shahar, Sergeli tumani, TXAY ko`chasida 2004 yilda tug`ilgan fuqaro S.A. (haydovchilik guvohnomasi olmagan) "Nexia" rusumli avtomobilni boshqarayotib, o`zidan oldinda yo`lning o`ng chetida to`xtab turgan, haydovchi, 1994 yilda tug`ilgan B.Q. boshqaruvida bo`lgan "DAF" rusumli yuk avtomobilining orqa tomoniga urilgan. Bu haqda IIV Yo`l harakati xavfsizligi Bosh boshqarmasi xabar berdi
Natijada, "Nexia" rusumli avtomobil haydovchisi S.A. va ushbu avtomobil yo`lovchisi A.R.lar tan jarohati bilan shifoxonaga olib ketilgan.
️Mazkur YTH yuzasidan Toshkent shahar IIBB YTH TB tomonidan dastlabki surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.






