2021 yilning 20 aprel kuni soat 21:30 larda 24 yoshli X.Doniyor Navoiy shahar S.Ayniy ko`chasida yashovchi tanishi 28 yoshli X.Nigora o`zining yashash xonadonida 29 yoshli A.Jamshid bilan o`zaro gaplashib turganligini ko`rib qolib, rashk tufayli oshxona pichog`i bilan X.Nigora va A.Jamshidlarning qorin sohasiga qasddan bir marotabadan urib jarohat etkazgan. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi.
Mazkur holat yuzasidan Navoiy shahar IIB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan X.Doniyorga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 2-qismi “l” bandi (qasddan badanga og`ir shikast etkazish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, prosessual tartibda ushlangan.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.






