Majburiy ijro byurosi Qo`shtepa tuman bo`limi ish yurituvida fuqarolik ishlari bo`yicha Qo`qon tumanlararo sudining 27.01.2011 yildagi sud buyrug`iga asosan qarzdor O.Xoliqovdan undiruvchi M.Xoliqova foydasiga 3 nafar farzandlari uchun aliment undirish haqidagi ijro hujjati mavjud.
Ijro hujjatiga ko`ra, qarzdor 2011 yil yanvar oyidan 2021 yil yanvar oyiga qadar 10 yil davomida 119 110 800 so`m aliment pulini to`lamasdan kelgan.
Shunag ko`ra, jinoyat ishlari bo`yicha Qo`shtepa tuman sudining 03.02.2021 yildagi qaroriga asosan O.Xoliqovga nisbatan O`zbekiston Respublikasi MJtKning 47-4-moddasi 1-qismiga asosan 15 sutka ma`muriy qamoq jazosi tayinlangan.
Davlat ijrochisi tomonidan qo`shimcha tushuntirish harakatlari natijasida qarzdor O.Xoliqov 3 nafar farzandlarining 10 yillik to`lanmasdan qolgan alimenti uchun 120 mln. so`m to`lab berishini aytib, 07.04.2021 yilda Byuroning Qo`shtepa tuman bo`limida M.Xoliqovaning bank omonat hiosb raqamiga ushbu mablag` o`tkazilganligini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim qilgan.
Aslida, undiruvchi M.Xoliqovaning 3 nafar farzandlari voyaga etgan bo`lib, 10 yillik 120 mln. so`m aliment pulini ularning kelajagi uchun sarflanishini ma`lum qilgan.






