AsosiyJamiyat

O`zbekistonda o`tgan yilga nisbatan go`daklar va onalar o`limi oshgan

'O`zbekistonda o`tgan yilga nisbatan go`daklar va onalar o`limi oshgan'ning rasmi

Senatning o`n to`rtinchi yalpi majlisida O`zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining O`zbekiston Respublikasi prokuratura organlarining 2020 yildagi faoliyati to`g`risidagi hisoboti eshitildi.

Ta`kidlanishicha, O`zbekistonda reproduktiv salomatlikni, onalik va bolalikni muhofaza qilishga oid qonun hujjatlari ijrosini ta`minlashdagi kamchiliklar oqibatida o`tgan yilga nisbatan go`daklar o`limi 428 taga (6 432-6 860), onalar o`limi 10 taga (145-155) oshgan.

Shuningdek, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni barvaqt aniqlash, ularni keltirib chiqarayotgan sabab va omillarni bartaraf etish bo`yicha kamchiliklarga barham berilmagan.

Respublika bo`yicha ro`yxatga olingan jami 62 081 ta jinoyatning 41 087 tasi yoki 66 foizi oldini olish mumkin bo`lgan jinoyatlar toifasiga kiradi.

Umumiy jinoyatchilik 34,7 foizga ko`paygan, og`ir va o`ta og`ir jinoyatlar 49 foizga, jumladan, qasddan odam o`ldirish 13, badanga og`ir shikast etkazish 13, nomusga tegish 27,7, bosqinchilik 18,5 foizga ortgan.

Respublika bo`yicha qidiruvda bo`lgan 9 790 nafar shaxsdan 6 761 nafari yoki 75 foizi ushlanmagan.

 

    Boshqa yangiliklar