AsosiyJamiyat

Xotinimni uydan chiqarib yuborish uchun sudga ariza bersam bo`ladimi?

'Xotinimni uydan chiqarib yuborish uchun sudga ariza bersam bo`ladimi?'ning rasmi

"Darakchi" tahririyatiga Jizzax viloyatida yashovchi A.Abdusalimovdan quyidagicha murojaat kelib tushdi:

— Rahmatli otamning nomidagi uyda rafiqam bilan yashayman. 2 nafar farzandimiz bor. U uyda opam ham istiqomat qiladi. Rafiqam bilan ajrashmoqchiman, nikohni bekor qilish uchun sudga ariza berganman. Xotinimni uydan chiqarib yuborish uchun sudga ariza bersam bo`ladimi?

Fuqaroning murojaatiga javob olish maqsadida Fuqarolik ishlari bo`yicha Mirzo Ulug`bek tumanlararo sudi sudyasi Adila SULTANOVA bilan bog`landik...
— Turmush o`rtog`ingiz ushbu turar-joyga kelin bo`lib tushgan bo`lsa, nikohdan ajrashayotganingiz uni turar-joyidan ko`chirishga asos bo`lolmaydi. Chunki Uy-joy kodeksining 32-moddasiga ko`ra, uy, kvartira mulkdorining oila a`zolari, shuningdek, u bilan doimiy yashayotgan fuqarolar, agar ularni ko`chirib kelgan paytda yozma ravishda boshqa hol qayd etilgan bo`lmasa, uydagi, kvartiradagi xonalardan mulkdor bilan teng foydalanishga haqli. Ular mulkdor bergan turar-joyga o`zlarining voyaga etmagan farzandlarini ko`chirib kiritish huquqiga ega. Oilaning boshqa a`zolarini esa uy, kvartira mulkdorining roziligi bilangina ko`chirib kiritishlari mumkin. Bu shaxslar uy, kvartiraning mulkdori bilan oilaviy munosabatlarni tugatgan taqdirda ham ularda turar-joydan foydalanish huquqi saqlanadi. Ushbu kodeksning 64-moddasida belgilangan asoslarga ko`ra, uy mulkdori bilan birga yashayotgan fuqarolar turar-joyni buzayotgan yoxud shikastlantirayotgan yoki undan o`z maqsadi bo`yicha foydalanmayotgan yoxud turmush qoidalarini muntazam buzib boshqalarning u bilan bir kvartira yoki 1 uyda yashash imkonini bermayotgan bo`lsa, bunda ogohlantirishlar va jamoat ta`sir choralari natija bermagan bo`lsa, mulkdor va manfaatdor shaxslarning talabi bo`yicha aybdorlarni boshqa turar-joy bermay, ko`chirish sud tartibida amalga oshirilishi mumkin.

Sadoqat ALLABERGANOVA

    Boshqa yangiliklar