AsosiySalomatlik

“Ona va bola sog`lig`i” deb nomlangan yangi sug`urta turi taqdim etildi

Milliy matbuot markazida “O`zbekinvest” eksport-import milliy sug`urta kompaniyasi tomonidan ko`rsatilayotgan xizmatlar, Sog`lom ona va bola yili munosabati bilan ishlab chiqilgan yangi sug`urta mahsuloti taqdimotiga bag`ishlangan matbuot anjumani o`tkazildi. 

Kompaniya departamenti bosh menejeri Sayfullo Mirzaevning ma`lumotlariga ko`ra, jismoniy shaxslar uchun “Ona va bola sog`lig`i” deb nomlangan yangi sug`urta turi taqdim etildi.

Bu xizmat baxtsiz hodisa natijasida ona va uning 16 yoshgacha bo`lgan bolasi jarohat olganda, tibbiyot muassasasiga shoshilinch joylashtirilganda moddiy yordam ko`rsatish imkonini beradi.

Bunda stasionarda davolanish muddatiga qarab turli miqdorda sug`urta qoplamasi to`lash ko`zda tutilgan.

    Boshqa yangiliklar