AsosiyJamiyat

Dam olish kunlari O`zbekistonda harorat 30 darajagacha ko`tariladi

'Dam olish kunlari O`zbekistonda harorat 30 darajagacha ko`tariladi'ning rasmi

Qisqa vaqtga havo sovuq bo`lganidan so`ng, bugun va dam olish kunlarida O`zbekiston hududiga Eron hududlaridan iliq va quruq havo kirib kelishi boshlanadi. Bu haqda O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmati xabar berdi.
Bugun respublikaning ko`pchilik viloyatlarida havo ochiq bo`lishi kutilmoqda, haroratning kunduzgi maksimumi 23-25° ni, ba`zi joylarda 8-30° gachani tashkil etmoqda.
Ertaga O`zbekiston hududining katta qismida havo bulutli bo`ladi. Yomg`ir kutilmaydi va harorat deyarli o`zgarmaydi.
Yakshanba kuni respublika hududining katta qismida havo kam bulutli bo`ladi. Kunduz kungi harorat 27° ga, janubda va cho`l hududlarida 30° ga etadi.
Eslatib o`tamiz, eng iliq yillarda ushbu kunlardagi havo harorati 32-35°, janubda 36-38° bo`lgan.
Toshkent va Namangan viloyatlarining tog`li hududlarida 2200 m dan yuqorida qor ko`chishi xavfi saqlanib qolmoqda.

    Boshqa yangiliklar