O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmati xabariga ko`ra, bugun, 24 aprelda kunduz kuni O`zbekiston hududiga Eron hududlaridan yana iliq va quruq havo kirib keladi. Havo bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Harorat 22-27° iliqgacha ko`tariladi.
Poytaxtimizda havo biroz bulutli bo`ladi, vaqti-vaqti bilan o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Havo 23-25° iliqgacha isiydi.
Respublikaning tog`li hududlarida yog`ingarchilik kutilmaydi. Toshkent va Namangan viloyatlarida 2200 m dan yuqorida qor ko`chishi xavfi bor. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 11-16° iliq bo`ladi.






