1

Farg`onada 19 yoshli yigit 50 yoshga yaqinlashgan ikki erkakni pichoqladi

Jinoyat 24.04.2021, 13:38
Farg`onada 19 yoshli yigit 50 yoshga yaqinlashgan ikki erkakni pichoqladi

2021 yilning 22 aprel kuni soat 16:20 larda 19 yoshli A.Omadbek Farg`ona shahri Yangi asr ko`chasida yashovchi tanishining oldiga kelgan vaqtida, uning yo`lini mast holatda bo`lgan 48 yoshli S.Anatoliy va 44 yoshli N.Tursinmurotlar to`sganliklari uchun yonida bo`lgan oshxona pichog`i bilan ularga jarohat etkazgan. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar qildi.

Olib borilgan tezkor harakatlar natijasida, S.Anatoliy va N.Tursinmurotlar A.Omadbekni yo`lini to`sib, uni qurilishi yakunlanmagan binoga olib kirganlar hamda spirtli ichimlik olib kelishga majbur qilib, haqoratli so`zlar bilan mazax qilganliklari tufayli, ushbu jinoyat sodir bo`lganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Farg`ona shahri bo`yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan A.Omadbekka nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 2-qismi “l” bandi (qasddan badanga og`ir shikast etkazish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, prosessual tartibda ushlangan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1