1

Namangan shahri tarkibida Yangi Namangan tumani tashkil etildi

Jamiyat 24.04.2021, 14:51
Teglar: Senat, Yangi Namangan
Namangan shahri tarkibida Yangi Namangan tumani tashkil etildi

Namangan shahri tarkibida Yangi Namangan tumani tashkil etish bo`yicha Oliy Majlis Senatining tegishli qarori qabul qilindi.

Namangan viloyatining Namangan shahri tarkibida Yangi Namangan tumanini tashkil etish tashabbusi Shavkat Mirziyoevning viloyatga qilgan tashrifida aytilgan edi.

Namangan shahri 1926 yilda tashkil etilgan bo`lib, bugungi kunda uning aholisi 640,1 ming nafarni, umumiy er maydoni 18 ming gektarni tashkil qilmoqda.

Qayd etish lozimki, 2019 yilda viloyatning Chortoq va Namangan tumanlaridan 57 ming nafar aholi istiqomat qiluvchi 6,3 ming gektar er maydonlari Namangan shahri tarkibiga qo`shilishi natijasida ushbu hududda yashovchi aholining shahar markaziga qatnovida turli muammolar yuzaga keldi.

Hudud aholisiga xizmat ko`rsatuvchi tibbiyot muassasalari shahar markazidan 15-20 km uzoqlikda joylashganligi, sanoat korxonalarining kamligi sababli fuqarolarni ish bilan ta`minlashda muammolar yuzaga kelayotganligi aholining e`tirozlariga sabab bo`lmoqda.

Bundan tashqari, 7 ta mahalla ichimlik suvi bilan to`liq ta`minlanmagan, ichki yo`llar esa bugungi kunda ta`mirtalab holatda.

2020 yilda Namangan shahri tarkibida 4,9 ming gektar er maydoni hamda 151 ming nafar aholini o`z ichiga oluvchi Davlatobod tumani tashkil etildi.

Natijada, Davlatobod tumanida bugungi kunda urbanizasiya jarayoni jadallashib, yangi infratuzilma ob`ektlari barpo etilmoqda va aholiga xizmat ko`rsatish tizimi yanada rivojlanishiga xizmat qilmoqda.

Shu sababli ham Namangan shahri hududining 8,2 ming gektar er maydoni hamda 155,6 ming nafar aholisiga ega yana bir Yangi Namangan tumanini tashkil etish va bu orqali fuqarolarni qiynayotgan muammolarni bartaraf etish hamda aholiga qulaylik yaratish choralarini ko`rish taklifi ilgari surilmoqda.

Muhokama qilinayotgan Senat Qarori loyihasiga ko`ra Yangidan tashkil etiladigan tuman hududiga 24 ta mahalla fuqarolari yig`ini, 21 ta umumta`lim maktabi, 40 ta maktabgacha ta`lim muassasasi, 2 ta tibbiyot muassasasi va 12 ta kasalxona o`tkazilmoqda.

Yangi Namangan tumanining sanoat va ishlab chiqarishdagi rolini oshirish maqsadida istiqbolda 16 ta sanoat korxonalari va 4 ta kichik sanoat zonalari foydalanishga topshirish rejalashtirilgan.

Buning natijasida sanoat korxonalarida ishlab chiqariladigan mahsulot hajmlarining shahar sanoatidagi umumiy ulushi 1 trln so`mga etkazilib, minglab yangi ish o`rinlari yaratiladi.

Yangi Namangan tumanining tashkil qilinishi tumanda zamonaviy infratuzilma ob`ektlari barpo etilishi va aholiga xizmat ko`rsatish tizimi yanada rivojlanishiga va eng asosiysi aholining turmush farovonligini oshirishda xizmat qiladi.

Sharhlar

⚡️Jahongir Ortiqxo`jaevning senatorlik vakolati ham tugatildi

31.01.2023, 10:22

Jahongir Ortiqxo`jaevni Oliy Majlisi Senati a`zolari ro`yxatidan chiqarish to`g`risida Markaziy saylov komissiyasining qarori e`lon qilindi.Unga ko`ra, Toshkent shahridan saylangan O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a`zosi...
O`zbekistonda go`daklar o`limi ko`paygan — Senat

29.09.2022, 09:18

Oliy Majlis Senati Kengashi majlisida Reproduktiv salomatlikni saqlash, onalik va bolalikni muhofaza qilish bo`yicha amalga oshirilayotgan ishlar holatini o`rganish masalasi muhokama qilindi, deya xabar bermoqda...
Jo`qorg`i Kenges raisi Amanbay Orinbaev Senat raisiga o`rinbosar etib saylandi

13.09.2022, 10:47

Bugun,13 sentyabr kuni, Toshkent shahrida Senatning majlislar zalida O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o`ttiz ikkinchi yalpi majlisi o`z ishini boshladi. Bu haqda Senat axborot xizmati...
"Senat „adi-badi“ aytishib o`tiradigan joy emas". Behzod Musaev va Akmal Burxonov o`rtasida debat bo`lib ketdi. Senat raisi bahsga aralashdi (video)

05.08.2022, 12:03

Senatning 29-yalpi majlisida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burxonov O`zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashish to`g`risidagi milliy ma`ruzasi bahs-munozaraga aylanib ketdi.Agentlik rahbarining so`zlariga ko`ra, korrupsiyaga oid...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1