Sog`liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo`limining xabariga ko`ra, 24 aprel kuni mamlakatimiz hududlari bo`ylab jami 15 778 nafar kishi COVID-19 ga qarshi emlangan.
Shu tariqa ayni kungacha mamlakatimizda koronavirus infeksiyasiga qarshi emlangan fuqarolar soni 544 529 nafarga etdi.
24 aprel kunidagi emlash ko`rsatkichlari bo`yicha yuqori o`rinlarni:
- Surxondaryo viloyati (3161 nafar),
- Samarqand viloyati (2554 nafar),
- Namangan viloyati (2235 nafar) band qildi.
E`tiborli jihati shuki, koronavirusga qarshi emlangan jami aholi soni:
- Farg`ona viloyatida 73 479 nafar,
- Namangan viloyatida 58 995 nafar,
- Samarqand viloyatida 54 054 nafar,
- Andijon viloyatida 52 435 nafarni tashkil qilmoqda.






