Peshku tumani Valfajir mahallasida yashovchi, J.F. ismli ayol endi dunyoga kelgan farzandini sotish maqsadida, o`z onasi bilan ushbu jirkanch jinoyatni sodir etish uchun tibbiyot muassassi hududida chaqaloqni o`zga bir fuqaroga sotish uchun 8.000.000 (sakkiz million) so`mga baholashgan. Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish boshqarmasi hamda G`ijduvon tumani Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi xodimlari hamkorligida o`tkazilgan tezkor tadbirda jinoyat vaqtida ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan tuman Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi huzuridagi tergov bo`limi tomonidan ona va qizga nisbatan O`zbekistan Respublikasi JKning 135-modda 2-qismi “e” bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Bir tarafdan o`z bolasini sotish yoki sotmaslik ota-onaning shaxsiy masalasidek tuyuladi, ammo bu xatti-harakat O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksiga muvofiq jinoyatdir. Qolaversa, bu jinoyat insoniylik nuqtai nazaridan ham ijobiy baholanmaydi. Nega odamlar pul uchun har xil qabihliklarga borayapti degan o`y kechadi hayoldan.
Odam savdosi jinoyatining turlari kundan kunga ko`payib borayapti, kishilarni aldab xorijga olib borish, uni qullik girdobiga mahkum etish, eng achinarlisi yuqoridagi kabi bazi kimsalar tomonidan o`z farzandini sotishga urinish, moddiy boylik evaziga jigarbandini sotayotgan onalarni hech narsa bilan oqlab bo`lmaydi.






